Jamiyat
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Toshkent yoshlar forumi — 2021 doirasida Oʻzbekistonda ijtimoiy tarmoqlar, jumladan TikTok va twitterning bloklanishi boʻyicha savolga javob berdi.
«Cheklovlar koʻpayib ketdi degani, bu - cheklovlar boʻlmasligi kerak, degani emas. Bu qayerda boʻlsa ham, maqbul darajada boʻlishi kerak deb hisoblayman. Ijtimoiy tarmoqlarga keladigan boʻlsak, men axborot almashinuvida erkinlik tarafdoriman. Bugungi zamonda axborotni hech qachon cheklab, uni ustiga oʻtirib, jilovlay olmaysiz.
Tarix ham bunga guvoh. Gutenberg 1445-yilda bosma dastgohni kashf qilgan, shu orqali qator millatlarning savodi chiqqan. Usmoniylar imperiyasi esa bundan qoʻrqib 18-19 asrgacha Gutenbergning dastgohini mamlakatga kiritmagan. Bu esa millatning savod boʻyicha qoloq boʻlishiga olib kelgan. Natijada sanoat, ishlab chiqarish va raqobat Yevropada keskin rivojlanib ketdi va ular har tomonlama oʻsishga erishdi.
Axborot almashinuvi doim boʻlishi kerak, bu bilimni kuchaytiradi. Ammo noqonuniy kontent har doim boʻladi. Noqonuniy kontent nima? Bu terrorizmga boshlovchi chorlovlar, diniy adovatlarni qoʻzgʻatuvchi materiallar, pornografiya yoki zoʻravonlik haqidagi materiallar. Rivojlangan davlatlarda bularning barchasi qonun bilan tartibga solingan. Qonun bilan ishlasak yanglishmaymiz», dedi Davletov.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q