Siyosat
Hozirda bunday tartib O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida amal qilmoqda.
O‘zbekiston va Qozog‘iston rasmiylari ikki mamlakat fuqarolarining chegarani milliy ID kartalar orqali kesib o‘tishini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilyapti. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov xabar berdi.
“Bugungi kunda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi chegaralarni haqli ravishda do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ko‘prigi, deb atash mumkin. 2023-yil 1-sentabrdan boshlab ichki hujjat – fuqaro ID kartasini taqdim etgan holda O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini kesib o‘tish tartibi amal qilayotgani buning tasdig‘idir. Xuddi shunday loyiha Qozog‘iston tomoni bilan ham muhokama qilinmoqda”, – deya yozadi Komilov o‘z maqolasida.
Komilov shuningdek, unda O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegarani huquqiy rasmiylashtirishni to‘liq yakunlagani, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan chegarani delimitatsiya qilinganini qayd etgan.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112365
Jamiyat
95029
Jamiyat
91223
Jamiyat
75936
Jamiyat
//
Izoh yo‘q