Sport
Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi Sardor Lapasov Butunjahon antidoping kodeksining 2.1-moddasida koʻrsatilgan antidoping qoidabuzarligini sodir etganligi sababli 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqida Oʻzbekiston milliy antidoping agentligi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, sportchidan musobaqa davrida olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan “Klenbuterol” moddasi borligi aniqlangan.
Maʼlumot uchun, mazkur modda 2024-yilgi taqiqlangan moddalar roʻyxatiga kiritilgan.
Xabarga koʻra, diskvalifikatsiya jazo muddatini oʻtayotgan shaxs (sportchi, murabbiy v.x.k) diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etishi taqiqlanadi.
Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikatsiya muddati qoʻllanilishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federatsiyasi yoki assosiatsiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qoʻllash mumkinligi belgilangan.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
111704
Jamiyat
94652
Jamiyat
90644
Jamiyat
75202
Jamiyat
//
Izoh yo‘q