Parij-2024. Kimlar oltin medal olishga yaqin?

Saqlash
15:12 / 07.08.2024 2566 0

Parij-2024 yozgi Olimpia oʻyinlarida hozirga kelib 4 nafar oʻzbekistonlik atlet final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

 

Ulardan biri Diyora Keldiyorova boʻlib, u allaqachon bu vazifani aʼlo darajada uddaladi.

 

Shu hisobda, hozirda 3 nafar sportchi final bahslarini kutmoqda va ularning hammasi boks yoʻnalishida:

🔲 Boks (-51 kg) – Hasanboy Doʻsmatov;

🔲 Boks (-92 kg) – Lazizbek Mullojonov;

🔲 Boks (-71 kg) – Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev.

 

 

Sportchilarning jismoniy holati va bellashuvlardagi ishtiroki inobatga olinganda, ularda oltin medal olish imkoniyati koʻproq.

 

Bugun va ertaga esa yana ikki nafar oʻzbek bokschisi – Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov final yoʻllanmasini olish uchun ringga koʻtarilishadi.

 

Bundan tashqari, yana ikki nafar oʻzbekistonlik kurashchi 7-avgust kuni bronza medali uchun kurash olib boradi.

 

Maʼlumot uchun, ayni vaqtda Oʻzbekiston delegatsiyasi 1 ta oltin va 2 ta bronza bilan 38-oʻrinda bormoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//