Sport
Xabaringiz bor, Aktenge Keunimjayeva Olimpiadadagi ilk bahsida ukrainalik Oksana Livachga yutqazdi. Biroq, uning imkoniyati saqlanib qolayotgan edi, yaʼni Livach finalgacha yetib borgan taqdirda Aktenge bronza medali uchun kurashish imkonini saqlab qolardi. Afsuski, u chorak finalda imkoniyatni boy berdi. Shu bilan Keunimjayevaning bronzaga boʻlgan bellashuvi ham yoʻqqa chiqdi.
1/8 finalidan oʻtgan Aram Vardanyan ham chorak finalda oʻtgan yilgi jahon chempionatining bronza medali sohibi yaponiyalik Nao Kusakaga yutqazib qoʻydi. Endilikda Kusaka finalga chiqsa, Vardanyan bronza medal uchun bellashuvlarga qoʻshilsa boʻladi.
Rustam Assakalovning yurishi ham chorak finalda toʻxtatildi. U Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni, jahon chempionatlarining 4 karra gʻolibi armanistonlik Artur Aleksanyan bilan bellashdi va yakunda yengildi. Ammo Assakalovda ham bronza medal uchun imkoniyat saqlanib turibdi. Buning uchun armanistonlik kurashchi finalga yetib borishi zarur.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q