Sport
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari doirasida 4-avgust kuniga oʻtar kechasi qirgʻizistonlik bokschi Munarbek Seyitbek oʻgʻli amerikalik Harvey Jahmalga qarshi chorak final jangini oʻtkazdi.
Jang davomida unga Oʻzbekiston delegatsiyasidan borgan murabbiy Akmal Hasanov sekundantlik qilgan.
Sababi, Munarbekning shaxsiy murabbiyi Beganas Sultanbayev akkreditatsiya muammolari sabab Parijga borolmagan. U jangni oʻz uyida ekran qarshisida tomosha qilgan.
Sportchi tanishtiruv vaqtida ringga ikki murabbiyi bilan chiqqan.
Oʻzbekistonlik murabbiy jangdagi tanaffus davomida Munarbekning yuziga suv sepib turgan va unga jang usullari haqida kerakli maslahatlar bergan. Bu holat tasvirlagan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va keng jamoatchilikning olqishiga sazovor boʻldi.
Yakunda qirgʻizistonlik bokschi gʻalaba qozondi.
Maʼlumot uchun, yarim finalga chiqqan Munarbek Seyitbek oʻgʻli keyingi jangini 9-avgustda bolgariyalik Haviyer Ibanez Diazga qarshi oʻtkazadi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q