Sport
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov Parij-2024 Olimpia oʻyinlarida gender testidan oʻta olmagan sportchilarga qarshi ringga chiqishga majbur boʻlgan bokschilar mukofotlanishini maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, assotsiatsiya Olimpiya oʻyinlaridagi bunday vaziyatdan norozi.
Taʼkidlanishicha, gender testidan oʻta olmagan sportchilarga musobaqalarda qatnashishga ruxsat berish sport obroʻsiga jiddiy putur yetkazadi va sportchilarga nisbatan hurmatsizlik belgisi hisoblanadi.
“IBA har bir sportchini himoya qiladi. Tashkilot Olimpiada bahslarida bunday sportchilarga qarshi ringga chiqib, magʻlubiyatga uchragan sportchilarni xuddi birinchi oʻrinni olgan bokschilardek mukofotlaydi. Biz hammani gender diskriminatsiyasidan himoya qilamiz.
Hozir Olimpiada oʻyinlarida roʻy berayotgan voqealar barcha zamonlar uchun sharmandalik. Sportchilar XOQ rahbariyatining uquvsizligi tufayli zarar koʻrmoqda. Halol raqobatning yoʻqligi sabab oʻz faoliyatini yakunlamoqda”, deydi Kremlyov bergan bayonotida.
Xabar qilinishicha, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Olimpiadada oltin medalni qoʻlga kiritgan gʻoliblarga 100 ming AQSh dollari (50 ming sportchining oʻziga, 25 ming murabbiyiga, 25 ming mamlakat boks federatsiyasiga), kumush medal egalari 50 ming hamda bronza medali uchun 25 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti berilishini maʼlum qilgan edi.
Maʼlumot uchun, oʻzbekistonlik bokschi Sitora Turdibekova ham gender testidan oʻta olmagan raqibiga qarshi ringga chiqishga majbur boʻlgan edi.
Bundan tashqari, italiyalik bokschi Anjela Karinini ham jazoirlik Iman Helif bilan kechgan jangda jarohat olib, musobaqani ilk raunddayoq tark etgan edi. Jazoirlik bokschi uning burnini sindirgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q