Parij-2024. Bugungi bellashuvlarda Oʻzbekiston delegatsiyasidan bir nafar sportchi ishtirok etadi

Saqlash
14:33 / 05.08.2024 480 0

Bugun Parij-2024 yozgi Olimpiadasi doirasida sport kurashlari bellashuvlari start oladi.

 

Maʼlumot uchun, mazkur turdagi sport musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasidan 4 nafar erkin kurashchi qatnashadi. Shu hisobda, 3 nafar yunon-rim kurashchi va yagona ayol kurashchi gilamga chiqadi.

 

Bular – Gʻulomjon Abdullayev, Razambek Jamalov va Javrail Shapiyev hamda Aktenge Keunimjayeva.

 

Bugun yunon-rum kurashida 60 kg vazn toifasida Islomjon Bahromov Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Bahromov uchun Parij Olimpiadasi debyut hisoblanadi.

 

“Vaznning amaldagi gʻolibi kubalik Luis Orta musobaqaga kelmagan. Kumush medal sohibi Fumita esa Parijda oʻz medalini oltinga aylantirishga harakat qiladi. Shuningdek, bronza medali egalari xitoylik Valixan Sailike hamda Rossiya vakili Sergey Yemelin ham bu safargi musobaqani oʻtkazib yuboradi”, deyiladi xabarda.

 

Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//