Iqtisod
Markaziy bank mehnat bozori boʻyicha qilingan sharhni taqdim qildi.
Unga koʻra, II chorakda boʻsh ish oʻrinlarining oʻrtacha oylik hajmi 35,7 mingtani tashkil qildi. Bu esa I chorakka nisbatan 3 foizga kam degani.
Shuningdek, tahlillarda II chorakda ish qidirish boʻyicha soʻrovlar va ish taklif qiluvchi platformalarga oylik tashriflar kamaygani ham aytilgan.
Eng qizigʻi, ish taklif qilinayotgan internet sahifalariga xorijiy davlatlardan tashrif buyuruvchilar soni sezilarli darajada koʻpaydi (40 foiz).
Oʻzini oʻzi band qilganlar soni tahlil qilinganda, ular 3,5 mln nafardan oshgani koʻrinadi. Ularning 41 foizi maishiy xizmat, 26 foizi esa qishloq xoʻjaligida faoliyat olib bormoqda.
Taksi xizmatlari sohasida ham oʻzini oʻzi band qilganlar soni yarim million nafardan oshgan.
Shunday boʻlsa-da, ish haqining yillik nominal oʻsish surʼati 17,4 foizgacha, real oʻsish surʼati esa 7,4 foizgacha sekinlashgani maʼlumotda keltirilgan.
Biroq bu hamma sohada ham sekinlashish bor degani emas. Masalan, qurilish sohasida ish haqining oʻsishi sekinlashib borayotgan boʻlsa, transport, savdo, aloqa va axborotlashtirish sohalarida oʻsish nisbatan yuqori.
Xabarga koʻra, mamlakatga kirib kelgan pul oʻtkazmalari 6,5 mlrd dollarni tashkil qilgan va bu koʻrsatkich 25 foizga oshganini bildiradi.
Pul oqimining kelishida Rossiyaning ulushi hamon katta boʻlsa-da, boshqa davlatlardan kirib kelayotgan pul oʻtkazmalari miqdori ham sezilarli darajada koʻpaygan.
Masalan, mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qilish ortidan AQSH (+43 foiz), Germaniya (+64 foiz), Polsha (+93 foiz va Janubiy Koreyadan (+90 foiz) kirib kelgan pul oʻtkazmalari keskin oʻsgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q