Sport
Kuni kecha dzyudochi Diyora Keldiyorovaning finaldagi gʻalabasidan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga 1 ta oltin medal yozildi. Shundan keyin musobaqalarning 3-kuni uchun eʼlon qilingan umumiy reytingda Oʻzbekiston 10-oʻrindan joy oldi.
Foto: Kun.uz
Maʼlumot uchun, kuchli uchlikni Yaponiya (4 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza), Avstraliya (4 ta oltin, 2 ta kumush) va AQSH (3 ta oltin, 6 ta kumush, 3 ta bronza) band qilgan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa Qozogʻiston 1 oltin va 3 bronza medalni qoʻlga kiritgan boʻlib, bu koʻrsatkich umumiy reytingda 8-oʻrinni taʼminlagan.
Taʼkidlash lozim, bugun yana 8 nafar oʻzbekistonlik sportchi bahslarga qoʻshiladi.
Bular:
◻️ 13:00 dan soʻng. Dzyudo (57 kg). Shukurjon Aminova — Zuleyxa Dabonne (Kot dʼIvuar), (1/16 final)
◻️ 13:00 dan soʻng. Dzyudo (73 kg). Murodjon Yoʻldoshev — Daniyar Shamshayev (Qozogʻiston), (1/16 final)
◻️ 13:25. Qilichbozlik (sablya). Zaynab Dayibekova — Yu Jinsu (Koreya Respublikasi), (1/16 final)
◻️ 13:40. Akademik eshkak eshish. Yengil vaznli juftlik (oʻtish bosqichi). Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev)
◻️ 14:28. Suzish (800 metrga erkin usulda). Ilya Sibirsev, (saralash, 1-guruh)
◻️ 15:04. Boks (63,5 kg). Ruslan Abdullayev — Migel Ramires (Meksika), (nimchorak final)
◻️ 20:06. Boks (+92 kg). Bahodir Jalolov — Omar Shiha (Norvegiya), (nimchorak final).
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q