Iqtisod
Ayni vaqtda Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik 5 mln 92 ming soʻmni tashkil qiladi.
Statistika agentligining 6 oylik hisobotiga koʻra, respublika boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 17,4 foizga oshgan (2023-yilda 4 mln 337 ming soʻm).
Hududlar kesimida koʻrib chiqilsa, Toshkent shahrida oʻrtacha oylik miqdori boshqa joylarga qaraganda sezilarli darajada koʻproq – 8 mln 450 ming soʻm.
Keyingi oʻrinlarda Navoiy (6 mln 601 ming soʻm) va Toshkent (4 mln 917 ming soʻm) viloyatlari qayd etilgan.
Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblashda jami 3 mln nafardan ortiq xodimning maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Oʻrtacha oylik ish haqining soha va tarmoq boʻyicha miqdorlari quyidagicha:
▪️ bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati — 14,4 million soʻm;
▪️ axborot va aloqa — 12,4 million soʻm;
▪️ tashish va saqlash — 7,7 million soʻm;
▪️ sanoat — 6,2 million soʻm;
▪️ savdo — 5,9 million soʻm;
▪️ qurilish — 5,4 million soʻm;
▪️yashash va ovqatlanish xizmatlari — 4,6 million soʻm;
▪️ taʼlim — 3,5 million soʻm;
▪️ sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish — 3,3 million soʻm.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q