Sport
Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze kechagi uchrashuv haqida fikr bildirdi:
“Ispaniyani kuchini yaxshi bilardik. Ularni oʻrganib chiqdik. Har bir bahslarini tahlil qilishga harakat qildik. Bizga qarshi oʻtgan avvalgi oʻrtoqlik uchrashuvdagi harakatlarni ham koʻrib chiqdik. Toʻgʻri, bu tarkib Toshkentga kelganlardan ancha farq qiladi, lekin murabbiy oʻsha, taktika oʻsha. Toʻgʻri Ispaniya kuchli, biroq biz ham kuchsiz emasmiz. Jamoam ham kuchli. Kuchimiz yetadi deb oʻylayman.
Qayerdadir omad yetishmadi, hujumlarimizda ozgina aniqlik yetishmadi. Biz bundan-da yaxshiroq oʻyin koʻrsatishimiz mumkin edi deb oʻylayman. Shuning uchun ushbu oʻyindan toʻgʻri xulosa chiqarishga harakat qilamiz. Tahlil qilamiz. Biz ikkinchi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladik. Oʻylaymanki, bu oʻyin biz uchun yaxshi boʻldi. Hammani tekshirdik, balki bu oʻyin orqali futbolchilarni oʻz ishonchini oshirishga yordam berdi deb oʻylayman. Birinchi boʻlimda yaxshi oʻynadik, balki undan-da yaxshi oʻynashimiz ham mumkin edi, ikkinchi boʻlimda ham yomon oʻyin koʻrsatmadik deb oʻylayman.
Balki ikkinchi boʻlimda hujum chizigʻimiz ozgina charchab qoldi, balki hali toʻliq formaga kirib olmaganmi? Bilasizlar, hujum chizigʻi vakillari endi mashgʻulotlarga kirishishdi. Keyin ikkinchi boʻlim boshlarida bizda boʻshliqlar paydo boʻla boshladi. Ayniqsa, boʻlim avvalida. Gollarga eʼtibor bersak, oʻtkazib yuborilgan gollarda oʻzimiz xatolarga yoʻl qoʻydik. Agar himoya va yarim himoyadagi futbolchilarimiz yaxshiroq oʻyin koʻrsatganida biz bu gollarni oʻtkazib yubormagan boʻlardik.
Birinchi golni jarimadan oʻtkazdik, ushbu vaziyatda ham ancha sovuqqon oʻynashimiz mumkin edi. Ispaniyada birinchi boʻlimda bundan boshqa vaziyat boʻldi deb oʻylamayman. Oʻzimizning vaziyatlardan foydalanganimizda yanada yaxshiroq boʻlarmidi deb oʻylayman. Umuman olganda, ikkinchi boʻlimda hujum chizigʻimizda charchoq sezildi. Oʻzgarishlardan soʻng yana barchasi joyiga tushdi. Maydonga tushganlar oʻyini kuchaytirishdi. Bahs yakunida jamoamiz durangga erishishi ham mumkin edi. Umuman olganda, bugun yigitlar yaxshi harakat qildi. Biroq men ularni bundan-da yaxshi oʻyin koʻrsatishlariga ishonaman”.
Murabbiy, shuningdek, keyingi tur (Misrga qarshi oʻyin) boʻyicha ham fikr bildirib oʻtdi:
“Guruhdagi ikkinchi uchrashuvni hali koʻrmadim. Sababi biz yoʻlda edik. Endi koʻramiz. Misrga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. Ularga qarshi uyda oʻynagan oʻyinimizni, bugungi va boshqa uchrashuvlarini tahlil qilib chiqamiz. Kerakli narsalarni olamiz. Balki bugungi oʻyin durang boʻlgani biz uchun yaxshilikkadir. Sababi har ikki jamoa ham bir ochkodan qoʻlga kiritdi. Kurash oldinda, oʻylaymanki, biz ham yaxshi tayyorgarlik koʻrib, gʻalaba qozonishga harakat qilamiz. Koʻrinib turibdi, Misr hamda Dominikan Respublikasi ham yaxshi darajadagi jamoalar”.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q