Sport
Mazkur oʻyinda Timur Kapadze shogirdlari toʻliq oq libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlanadi.
Bugun, 24-iyul kuni Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpiadasidagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.
Uchrashuvni afrikalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Hakamlar:
▪️ Beida Dahane (Mavritaniya) – bosh hakam;
▪️ Jerson Santos (Angola) – qanot hakami;
▪️ Stefan Yiyembe (Keniya) – qanot hakami;
▪️ Dryuv Fischerga (Kanada) – 4-rasmiy hakam;
▪️ Lahlo Benbraham (Jazoir) – VAR hakami.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston – Ispaniya oʻrtasidagi bahs soat 18:00 da (Toshkent vaqti bilan) “Park de Prens” stadionida boshlanadi.
Oldinroq Parij Olimpiadasida Oʻzbekiston delegatsiyasi qaysi sport turlari boʻyicha qatnashishi haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q