Prezidentga yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha axborot berildi

Saqlash
23:31 / 22.07.2024 460 0

Xabaringiz bor, bu yilgi XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari 26-iyul – 11-avgust kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida boʻlib oʻtadi. Unda 206 ta mamlakatdan 10 mingdan ortiq sportchi ishtirok etadi.

 

Musobaqada Oʻzbekistondan 19 ta sport turi boʻyicha jami 90 nafar sportchi qatnashadi.

 

Taʼkidlash lozim, anʼanaviy sport turlaridan tashqari bu yil ilk bor futbol, suvga sakrash, kamondan otish, ayollar kurashi boʻyicha ham yoʻllanmalar olingan.

 

Bundan tashqari, bu yilgi olimpiyachilarimizning 36 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

 

Hisobotda, shuningdek, ushbu nufuzli musobaqaga yuqori darajada hozirlik koʻrilgani, har bir sportchi boʻyicha individual strategiya qabul qilinib, ularning saralash musobaqalaridagi, mahalliy va xorijiy oʻquv-mashgʻulotlardagi ishtiroki taʼminlangani aytildi.

 

Shavkat Mirziyoyev hisobot yakunida Olimpiya oʻyinlarida sportchilarimizga muvaffaqiyat tiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//