Madaniyat
Ertaga, 18-iyul kuni jadidlarning taʼlim va maorif sohasidagi tashabbuslariga bagʻishlangan “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli yangi multimedia koʻrgazmasi oʻz ishini boshlaydi.
Bundan koʻzlangan maqsad namoyish ashyolari orqali Germaniyaga oʻqishga yuborilgan turkistonlik talabalarning tarixini ochib berishdir.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur maxsus koʻrgazma uchun savdo markazida 1400 kv/metrdan ortiq maydonga ega alohida joy ajratilgan.
Koʻrgazmada bir nechta boʻlimlar mavjud boʻlib, unda arxiv materiallari yordamida tashrif buyuruvchilarga uch tildagi tasviriy va ovoz qurilmalari taqdim etiladi.
Taʼkidlanishicha, ularning aksariyati tomoshabinlar uchun yangilik boʻladi.
“Umid qilamanki, koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar 73 nafar talabadan iborat jadidlar avlodining mintaqamiz madaniy-maʼrifiy merosiga qoʻshgan hissasiga munosib baho berib, ularning bilim va yuksaklikka intilishlaridan ilhomlanadilar”, — deydi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bahrom Irzayev.
Koʻrgazmaga kirish pulli boʻlib, chiptalar iticket.uz saytida sotilmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112204
Jamiyat
94881
Jamiyat
90968
Jamiyat
75748
Jamiyat
//
Izoh yo‘q