Jamiyat
Imtihon jarayoning jiddiy qabul qilinishi va unga boʻlgan munosabatning ahamiyati yuqori boʻlishi natijasida kishi ruhiyatida noodatiy hislarni tuyadi. Masalan, “Imtihondan oʻtolamanmi?”, “Yiqilsam nima qilaman?”, “Uyga qanday qaytaman?”, “Uydagilarga nima deyman?” kabi. Bunday savollar taʼsirida kishida vaqtinchalik hayajon boʻladi va bu stressga aylanishi mumkin.
Shu bilan birga kishini stressga solib qoʻyadigan asosli jihatlar ham yoʻq emas va bu faqatgina hissiyot bilan bogʻliq boʻlmaydi.
Bular:
▪️ Imtihonga jiddiy tayyorlanmaslik – ayrim abituriyentlar imtihonga jiddiy tayyorlanmaydi. Ular imtihonni oʻzlaricha tasavvur qilishadi va ahamiyatlik darajasini faqat imtihon yaqinlashgandan keyingina anglaydi. Aynan imtihonning mohiyati toʻliq oshkor boʻlgach, ayrim yoshlar stressga tushadi. Masalan, abituriyent bilmagan savol tushadi va u buni topolmasligi oqibatida oʻqishga kirolmasligini real holatda anglaydi.
▪️ Yaxshi dam olmaslik – ayrim abituriyentlar imtihon kunigacha tinimsiz dars qiladi. Testlar yechadi va miyasiga dam bermaydi. Oqibatda, imtihon kuni ularning miyasi charchoq sezadi. Baʼzida ular bilib turgan savollariga xato javob berishi ham shundan. Ular bilib turib xato qilishadi va buning sababini tushunolmaydi. Aslida, ularning miyasi hali toʻliq “uygʻonmagan” boʻladi.
▪️ Tajribasizlik – umrida birinchi marta imtihonga kirayotgan odamda hayajon va stress boʻlishi tabiiy. Ular imtihon chogʻida kuchli hayajonga berilishi mumkin. Aslida imtihonga toʻgʻri va oddiy yondashish lozim. Tajribasi borlardan maslahat soʻrash tavsiya etiladi. Muhimi – imtihonda oʻzini qoʻlga olish.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q