Qandli diabeti bor bemorlar qanday ovqatlanishi kerak?

Saqlash
17:38 / 10.07.2024 463 0

Hozirgi kunda qandli diabetning 2-turi tobora yasharib bormoqda.

 

Maʼlum boʻlishicha, ushbu kasallikning 2-turi surunkali xastalik boʻlib, bunda inson tanasidagi barcha – uglevod, yogʻ va oqsil almashinuvlari buziladi.

 

Diabetning ushbu turi asosan ortiqcha tana vazni va semizligi boʻlgan shaxslarda rivojlanadi.

 

Shuning uchun vaznni kamaytirish kasallikni davolashning asosiy usuli hisoblanadi.

 

Bu xastalikda tana ogʻirligini kamaytirish dori-vositalaridan foydalanish bilan birga, turmush tarzini oʻzgartirish, yaʼni parhez va jismoniy faollikni oshirish orqali amalga oshiriladi.

 

Jumladan, tana vaznini 10 foiz va undan koʻproqqa kamaytirish orqali qandli diabetning 2-turi remissiyasiga, yaʼni qonda qand miqdorini pasaytiruvchi dorilarsiz uni meʼyorda boʻlishiga erishish mumkin.

 

Qandli diabetga chalingan bemorlarga glikemik indeksi yuqori boʻlgan meva va sabzavotlarni koʻp isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi.

 

Glikemik indeksi yuqori boʻlgan meva va sabzavotlar:

▪️ qaynatilgan lavlagi;

▪️ qovoq;

▪️ qovoqcha (kabachki);

▪️ qaynatilgan sabzi;

▪️ makkajoʻxori;

▪️ kartoshka;

▪️ qovun;

▪️ tarvuz;

▪️ uzum;

▪️ banan;

▪️ quritilgan mevalar (turshak, mayiz, xurmo);

▪️ konservalangan meva va rezavorlar.

 

Qandli diabeti bor bemorlar oʻz taomnomalariga past glikemik indeksga ega boʻlgan meva va sabzavotlarni kiritishi kerak.

 

Bular:

◻️ karamning barcha turlari (oq, qizil, pekin, rangli, brokkoli, boryussel karami);

◻️ yashil loviya;

◻️ xom sabzi;

◻️ turp;

◻️ rediska;

◻️ sholgʻom;

◻️ baqlajon;

◻️ bulgʻor qalampiri;

◻️ bodiring;

◻️ pomidor;

◻️ olcha;

◻️ gilos;

◻️ olxoʻri;

◻️ oʻrik;

◻️ shaftoli;

◻️ nok;

◻️ olma;

◻️ qulupnay;

◻️ malina;

◻️ apelsin va mandarin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//