Yuqori haroratda inson miyasi eriydi

Saqlash
21:25 / 03.07.2024 492 0

Issiqlik inson aqliy faoliyatiga jiddiy zarar yetkazadi

 

Maʼlumotga koʻra, 2022-yilda oftob urishidan omon qolganlarning qariyb 30 foizida miya shikastlanishi kuzatilgan.

 

Doimiy issiqda yuradiganlar asabiy boʻlib qoladi. Yaʼni, yuqori harorat asabiylik va jizzakilikni keltirib chiqaradi. Kayfiyatni taʼsir qilib, kognitiv funksiyani buzadi.

 

Tadqiqotchilar sovitish qurilmasi bilan jihozlangan va jihozlanmagan xonalardagi talabalar ustida kuzatuv olib borgan.

 

Talabalar maʼlum muddat yotoqxonalarda yashagan. Keyin ularga mobil testlar berilgan. Yakunda issiq xonalarda yashab kelayotgan talabalar yomon natija koʻrsata boshlagan. Ijobiy natijalar 10 foizga pasayib ketgan.

 

Bundan tashqari, psixologlar bugungi kunda zoʻravonlikning haddan tashqari ortib borishi jazirama bilan bogʻliqligini taʼkidlaydi. Yaʼni, issiqda yetarlicha vaqt oʻtkazgan baʼzi insonlar jinoyat sodir etishga moyil boʻlib qolar ekan.

 

Ruhshunoslar esa ruhiy salomatligi yomonlashgan bemorlarning tashrifi aynan jarima kunlarda koʻpayishini aytadi.

 

Bundan kelib chiqadiki, yuqori harorat tufayli inson miyasi eriydi.

 

Xoʻsh, bunday holatga duch kelmaslik uchun nima qilish kerak?

 

Bunda quyidagicha yoʻl tutish zarur:

▪️ Inson faqatgina oʻzi oʻzgartira oladigan narsalarga eʼtibor qaratishi kerak. Yaʼni, u oʻzi sababchi boʻlmagan narsalarga reaksiya bildirishi, unga bogʻliq boʻlmagan narsalarga bogʻlanib qolmasligi lozim;

 

▪️ Tez-tez nafas mashqlarini bajarish kerak. Bunda chuqur olingan nafas tana haroratining meʼyorga kelishiga yordam beradi;

 

▪️ Muhitni oʻzgartirish lozim. Agar kishi issiq joyda ishlasa yoki yashasa, yaxshisi, joyni salqinrogʻiga almashtirgani maʼqul. Buning imkoni boʻlmasa, oʻsha muhitning oʻzini salqinroq joyga aylantirishi tavsiya etiladi;

 

▪️ Koʻproq suv ichish shart. Chunki arzimagan darajada suvsizlanish ham kognitiv faoliyatga putur etkazadi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//