Faxriy jurnalist va sobiq hokim Nazirjon Saidov vafot etdi

Saqlash
14:32 / 28.06.2024 328 0

Taniqli jurnalist, Oltinkoʻl tumanining sobiq hokimi, jurnalist Nazirjon Saidov vafot etdi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Nazirjon Saidov 1948-yilda Oltinkoʻl tumanida tavallud topgan. 1979-yilda Toshkent davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan.

 

Ijodiy faoliyatini 1970-yilda Andijon tuman ijroiya qoʻmitasi muassisligidagi “Kommunizm tongi” (hozirda “Andijon tongi”) gazetasida adabiy katta adabiy xodim vazifasidan boshlagan. Turli yillarda muxbir, boʻlim mudiri va muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

 

Nazirjon Saidov 1990-1993-yillarda Oltinkoʻl tuman hokimi, 1993-1999-yillarda Andijon viloyat hokimining oʻrinbosari, kotibiyat mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2008-2021-yillarda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat boʻlimi rahbari sifatida ish olib borgan.

 

Faxriy jurnalist 2001 yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, 2019 yilda "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan. II chaqiriq Oliy Majlis deputati boʻlgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//