Jamiyat
“Yuksalish” umummilliy harakati fuqarolarning muammo va ehtiyojlarini aniqlash maqsadida Toshkent shahridagi jamoat transporti haqida yoʻlovchilar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazdi. Oʻrganishlar ikki bosqichni – video intervyu va onlayn anketalarni oʻz ichiga olib, 276 respondentni qamrab olgan.
Soʻrovda qatnashganlar jamoat transporti bilan bogʻliq eng katta muammolar sifatida quyidagilarni qayd etgan:
49,1% — tigʻiz vaqtlarda yoʻlovchilar oqimi koʻpligi;
15,6% — avtobuslarda sovituvchi/isituvchi konditsionerlar toʻliq ishlamasligi;
12,4% — metroda havo ventilyatsiyasi yaxshi ishlamasligi;
8% — transportlarning barchasida ham nogironligi borlar uchun maxsus sharoitlar yaratilmagani.
Shuningdek, yoʻlovchilar baʼzi yoʻnalishlarda haligacha eskirgan avtobuslar harakatlanayotganini, ular yoʻllarda tez-tez ishdan chiqayotganini yoki yongʻinlar kelib chiqayotganini muammo sifatida qayd etgan. Ayrim avtobuslarning harakatlanish jadvaliga muvofiq yurmasligi ham shular qatorida. Yoʻlovchilarning baʼzilari avtobuslarda konduktorlarga ehtiyoj yoʻq, degan boʻlsa, boshqalari ehtiyoj borligini aytgan. Konduktor boʻlmasa, haydovchi yoʻlovchilarni old eshikdan tushiradi, bu esa yoʻlovchilar uchun qoʻshimcha noqulayliklar keltirib chiqaradi.
Respondentlarning fikricha, yoʻnalishli taksilar yoki mikroavtobuslarda “qoʻshimcha oʻrindiqlar”dan (taburet yoki yogʻoch oʻrindiqlar) foydalanish holati kuzatiladi. Yoʻlovchilar xavfsizligi uchun buni qatʼiy nazoratga olish va tartibga solish darkor.
Soʻrov davomida respondentlar quyidagi takliflarni bergan:
Soʻrov ishtirokchilari, shuningdek, jamoat transporti haydovchilarining faoliyati boʻyicha takliflar qoldirgan.
Masalan, yoʻlovchilarni tashish vaqtida uyali telefondan foydalangan haydovchilarni jazolash;
Soʻrovda qatnashganlar nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish – yoʻlovchilarni audio va vizual formatda xabardor qiluvchi axborot tizimlarini joriy etishni ham taʼkidlagan. Respondentlar orasida metroda ayollar va bolalar hamda qariyalar uchun alohida vagonlarni joriy etishni soʻraganlar ham boʻlgan.
“Umuman, soʻrov natijalaridan Toshkent shahrida jamoat transporti tizimi takomillashib borayotgani, mavjud muammolar, asosan, qulaylik va xavfsizlik bilan bogʻliqligi aniqlandi. Tizimni yanada rivojlantirishda fuqarolarning fikr-mulohazalarini inobatga olish, qaror qabul qiluvchi masʼul vazirlik va idoralarning kompleks yondashuvi zarur”, deb yozadi “Yuksalish”.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q