Birinchi farzandni koʻrishda dunyo boʻyicha oʻrtacha yosh nechchi?

Saqlash
16:06 / 24.06.2024 955 0

Oʻzbekistonda ayollar birinchi farzandni oʻrtacha 27,4 yoshda koʻrar ekan.

 

Markaziy Osiyoda esa bu yosh quyidagicha taqsimlanadi:

◻️ Afgʻoniston – 28.9 yosh;

◻️ Qozogʻiston – 28.7 yosh;

◻️ Qirgʻiziston – 28 yosh;

◻️ Turkmaniston – 27.9 yosh;

◻️ Tojikiston – 26.5 yosh.

 

Maʼlum boʻlishicha, dunyo boʻyicha ayollarning birinchi farzandni koʻrish yoshi anʼanalar va sharoitga qarab farqlanadi.

 

Yaʼni, ayrim mamlakatlarda onalikni ragʻbatlantirish anʼanalari shakllangan va bu erta ona boʻlish kerakligini taʼminlasa, boshqa baʼzi davlatlarda joy sharoiti va yashash tarzi qulay boʻlmagani uchun onalikning oʻrtacha yoshi kechroq boʻladi.

 

Masalan, Gretsiya. Bu mamlakatda birinchi marta ona boʻlish yoshi oʻrtacha 31 boʻlib, kech ona boʻlishga sabab bolaga gʻamxoʻrlik qilish bilan bogʻliq ekan.

 

Mazkur davlatda bola parvarishi aksar mamlakatlardagi kabi arzon emas. Bundan tashqari, ayollarning karyera yaratish va jamiyatdagi mavqeyini oshirishga intilishlari ham bu jarayonni ancha kechiktiradi.

 

Avstraliyada esa birinchi farzandli boʻlishning oʻrtacha muddati 30 yoshga toʻgʻri kelgani bilan, bu jarayon 25-45 yosh oraligʻida sodir boʻlar ekan.

 

Maʼlumot uchun, birinchi farzandni koʻrishning eng kichik yoshi Ozarbayjonda boʻlib, bu mamlakatda ayollar oʻrtacha 25.7 yoshda birinchi farzandini dunyoga keltirar ekan. Bu koʻrsatgich esa dunyo boʻyicha eng yoshi hisoblanadi.

 

Gonkong esa bu jarayonda dunyodagi eng yuqori oʻrinda turadi. Yaʼni, bu mamlakatda ona boʻlishning oʻrtacha yoshi — 32.8 yosh.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//