Jamiyat
Texnika yoʻnalishidagi 36 ta oliygohda oʻqitish va ilmiy-tadqiqot jarayonlari ilgʻor tajriba asosida toʻliq oʻzgartiriladi.
Jumladan, dekanatlarni talabalarga xizmat koʻrsatish funksiyalari toʻliq raqamlashadi.
Xorijdagi kabi “Registrator ofisi” tashkil qilinadi.
Shuningdek, 36 ta muhandislik oliygohi va ularning filiallari bosqichma-bosqich yiriklashib, jami 20 ta oliygoh qoladi. Har bir hududda kamida 1 tadan texnika universiteti boʻladi.
Rektorlar xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik qilishda shoshma-shosharlik qilmasdan, ularning yoʻnalishlariga toʻgʻri keladiganlarini oʻrganadi, tahlil qiladi va shundan soʻng ular bilan hamkorlik qiladi.
Yigʻilishda har bir oliygoh Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi rivojlangan hamkor davlatlarning nufuzli texnika universitetlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi zarurligi aytildi.
Bundan tashqari, endi “tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida har bir oliygohga sanoat hamkori belgilab berilishi ham taʼkidlandi.
Bunda barcha muhandislik oliygohlari hamkor korxonalarida kafedralar ochadi va dual taʼlimni yoʻlga qoʻyadi.
Korxonalar kafedralarni jihozlash, oʻqituvchi va talabalarni ragʻbatlantirishga har yili mablagʻ ajratadi.
Talabalarning amaliyoti va bitiruv kursdagi taʼlimi ham toʻliq hamkor korxonalarda tashkil qilinadi.
Shu bilan birga, vazirlik va korxonalar tizimida 32 ta tarmoq kengashlari tashkil qilinadi. Ular oliygohlar bilan texnika sohalaridagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi va buyurtmachi boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q