Jamiyat
Ashxobod koʻngil ochar bogʻi direktori, uning oʻrinbosari hamda reklama boʻlimi boshligʻiga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Maʼlum boʻlishicha, bogʻ rahbariyati tomonidan joriy yilning 1-iyun kuni soat 12:00 da bogʻda tekinga 20 000 ta oʻyinchoq va muzqaymoq tarqatilishi haqida ijtimoiy tarmoqda reklama chiqarilgan.
Biroq, bir vaqtning oʻzida oʻyinchoq oluvchi va kuzatuvchilar bilan taxminan 40 000 nafar fuqarolarni bogʻ hududida jamlashning imkoni boʻlmasligi, yoʻl harakati va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash talablarga javob bermasligi sababli bu tadbirni oʻtkazmaslik haqida bogʻ rahbariyati ogohlantirilgan.
Shunga qaramay bogʻ maʼmuriyati ogohlantirishdan toʻgʻri xulosa chiqarmagan va tadbir boʻyicha reklamani ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishda davom etgan. Bu esa bogʻ hududida va uning atrofida aholining ommaviy ravishda toʻplanishiga sababchi boʻlgan. Oqibatda, fuqarolar harakatiga xavf tugʻilgan.
Jumladan, bogʻ hududiga kirish/chiqish va ayrim ichki yoʻnalishlarida tiqilinch vaziyat yuzaga kelgan. Shuningdek, bogʻga olib keluvchi va yaqin avtomobil yoʻnalishlarida tirbandliklar kelib chiqqan.
Yakunda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning saʼy-harakati bilan bu tirbandliklar bartaraf etilib, fuqarolar tinch tarqatilgan.
Bogʻ maʼmuriyati xodimlariga esa tegishli jazo chorasi koʻrilgan.
“Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan bogʻ direktori 1981-yilda tugʻilgan A.N., direktor oʻrinbosari 1987-yilda tugʻilgan A.Z., reklama boʻlimi boshligʻi 1994-yilda tugʻilgan D.T.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 185 prim.3, 200 prim.1, 201-moddalariga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tumani sudi tomonidan ushbu fuqarolarga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan”, deyiladi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabarida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q