Madaniyat
Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasida “Silk Road Dance” raqs markazi direktori, taniqli xoreograf Laurel Greyning “Oʻzbekiston ayollar raqs anʼanalari” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekiston milliy raqs sanʼatini AQShning rasmiy, ishbilarmon va akademik doiralari oʻrtasida keng targʻib qilishdir.
Xabarga koʻra, taqdimot marosimida xorijlik ekspertlar, taniqli amerikalik madaniyat va sanʼat namoyondalari, jurnalist hamda blogerlar ishtirok etgan.
Kitob muallifi Laurel Grey oʻz nutqida jahon hamjamiyati, ayniqsa, Gʻarb dunyosi oʻzbek ayol raqslarini yangitdan kashf etayotgani, xorijlik oʻzbek raqsi shinavandalari uchun ushbu sanʼat turi juda qiziqarli va jozibador boʻlayotganini alohida qayd etgan.
“AQShning turli shtatlarida yashovchi insonlarning Oʻzbekistonda avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan ayollar raqs sanʼatini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqi oshib bormoqda.
Raqsga tushishni oʻrganayotgan paytda siz nafaqat baʼzi harakat yoki elementlarni oʻzlashtirasiz, balki oʻzingiz uchun yangi madaniyatni, hayot tarzi va mamlakat anʼanalarini kashf etasiz”, deydi u.
Milliy koʻrgazmali chiqishlar yigʻilganlarda katta taassurot qoldirgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q