Jamiyat
Tandirdan yangi chiqqan nonni yeyish hammaga yoqadi. Ayniqsa, bir kosa suv bilan uni isteʼmol qilsa, anchagina totli boʻladi.
Biroq bugungi kun diyetologlari va mutaxassislari issiq non va pishiriqlarni isteʼmol qilmaslik kerakligi haqida aytmoqda. Xoʻsh, bunga nima sabab?
Diyetologlar gastrit, oshqozon yarasi yoki ichak bilan bogʻliq muammolari bor odamlarga yangi uzilgan non yoki pishganiga hech qancha boʻlmagan issiq pishiriqlarni isteʼmol qilishni tavsiya qilmaydi. Biroq bu degani boshqalarga mumkin degani emas. Aslida, issiq nonni isteʼmol qilish boshqalarning ham sogʻligiga zarar keltiradi.
Gap shundaki, non xamirini tayyorlashda eng muhim tarkibiy qism bu xamirturushdir, yaʼni achitqi. Uning yordamida nonga rang kiradi va u yumshoq boʻlib pishadi. Agar achitqining xamirdagi funksiyasiga qaraladigan boʻlsa, u karbonat angidrid ajralishiga ham koʻmaklashadi va xamirni shishiradi.
Maʼlum boʻlishicha, yangi pishirilgan nonda fermentatsiya, yaʼni karbonat angidrid ajralish jarayoni juda faol boʻlib, bu hatto sogʻlom oshqozon-ichak traktiga ham salbiy taʼsir qiladi. Shuning uchun pishirilganiga 1 kun boʻlgan nonni isteʼmol qilgan maʼqul.
Bir parcha issiq non oshqozonga tushgach u zichlik hosil qiladi va oshqozonda hazm boʻlishi qiyinlashadi. Shundan soʻng non boʻlaklari oshqozon devorlariga yopishib qoladi va ichkarida kislotalik muhit ortib ketadi. Bu oshqozonning funksiyasi boʻlib, u ovqat hazm qilishni tezlashtirishni shu tarzda bajaradi, ammo buning oqibatida tanada salbiy oʻzgarishlar yuz beradi.
Agar issiq nondan lazzatlanadigan xoʻrandalar boʻlsa, unda mutaxassislar achitqisiz nonni tavsiya etadi. Chunki bu turdagi nonlarning tanaga ziyoni achitqi solinganlaridan ancha kamroq.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q