Siyosat
21-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi hamda boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
Tovar ayirboshlash hajmini koʻpaytirish, yetakchi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish, shu jumladan hududlar oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112369
Jamiyat
95034
Jamiyat
91231
Jamiyat
75942
Jamiyat
//
Izoh yo‘q