Jamiyat
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari ota-onalarning farzandi kelajagiga qanchalik masʼuliyat bilan yondashayotgani va taʼlim-tarbiya jarayonidagi ishtirokini oʻrganish maqsadida soʻrov oʻtkazdi.
3602 nafar ishtirokchi qatnashgan tadqiqotda ona-onalarning oʻrtacha yoshi 43 ga teng.
Ularning 75 foizini ayollar, 25 foizini erkaklarni tashkil etgan.
Respondentlarning 40 foizi oliy, 37 foizi oʻrta-maxsus va 23 foizi oʻrta maʼlumotga ega.
Maʼlum boʻlishicha, soʻrovda qatnashganlarning 70 foizi farzandi buva-buvisi bilan istiqomat qilmasligini bildirgan.
Ota-onalarning 94,6 foizi farzandi kelajagi haqida oʻzaro suhbatlashib turishini, 13,9 foizining fikrlari bir xil emasligini aytgan.
Shuningdek, ularning 97,8 foizi farzandi bilan uning boʻlajak kasbi va qiziqishlari toʻgʻrisida suhbatlashib turishini, 2,2 foizi esa bu haqida umuman suhbatlashmasligini bildirgan.
Maʼlumot uchun, ularning 64,5 foizi qiz farzandning ota-onasi va 40 foizi oliy maʼlumotga ega.
Soʻrov natijalariga koʻra, bolalarning 20,7 foizi shifokor, 18,2 foizi oʻqituvchi, 15,0 foizi jurnalist, 10,5 foizi iqtisodchi, 7,8 foizi IT sohasi mutaxassisi, 5,2 foizi tadbirkor, 5,3 foizi moliyachi va 1 foizi huquqshunos boʻlish istagida ekanligini aytgan.
Jumladan, qizlar asosan shifokor (24,3 foiz), oʻqituvchi (22,5 foizi), jurnalist (21,1 foiz) va iqtisodchi (7 foizi) boʻlishni rejalashtirmoqda.
Oʻgʻil bolalar esa iqtisodchi (17,5 foiz), IT mutaxassisi (14,3 foiz), moliyachi (8,4 foiz), tadbirkor (8,2 foiz) va sportchi (4,4 foiz) boʻlish istagini bildirgan.
Soʻrov natijalariga koʻra, ota-onalarning bor-yoʻgʻi 56,0 foizi farzandining taʼlim olishdagi yutuqlarini toʻliq qoniqarli, 12,6 foizi esa qoniqarli emas, deb baholagan.
Soʻrovda ishtirok etgan respondentlarning 75 foizi farzandi qoʻshimcha darslarga borishini taʼkidlagan.
“Soʻrov natijalaridan kelib chiqib, aytish mumkinki, bugungi kunda ota-onalar farzandining taʼlim olishi va kelajakdagi hayoti haqida gʻamxoʻrlik qilmoqda…. Lekin shunga qaramay ota-onalar orasida farzandi tarbiyasi va uning qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlamaydiganlari ham kam emas. Shuningdek, bugungi kunda bolalarning qoʻshimcha darslarga qatnash koʻrsatkichlari yuqori ekanligi maʼlum boʻldi, buning asosiy sababi esa maktablardagi taʼlim sifatining pastligiga borib taqaladi.”, deyiladi tahliliy maʼlumotda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q