Iqtisod
Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan harbiy shaharcha 204,9 milliard soʻm boshlangʻich narx bilan auksionga qoʻyilgan edi. “E-auksion” maʼlumotlariga koʻra, ushbu obyekt onlayn auksionda 266,4 milliard soʻmga sotilgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan onlayn auksionga qoʻyilgan mazkur obyekt 27,86 gektar hududni egallagan, undagi bino va inshootlarning umumiy maydoni 29,8 ming kvadrat metrga teng. Barcha kommunikatsiya — elektr energiyasi, gaz, suv taʼminoti va kanalizatsiya mavjud. Obyekt hududida qorovulxona, bir nechta bostirma, oshxona, maʼmuriy bino, omborxona, ustaxona, garaj, rezervuarlar joylashgan.
Boshlangʻich narxi 204 milliard soʻm boʻlgan davlat mulki 1 soat 23 daqiqa davom etgan savdoda 15 qadam narxi oshirilib, 266,4 milliard soʻmga sotilgan. Savdoda “Doʼmbrobod city group” MCHJ gʻolib va Build power MCHJ rezerv gʻolib deb topilgan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q