Prezident bugun Tojikistonga joʻnab ketdi

Saqlash
14:55 / 18.04.2024 1001 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

 

2 kunlik tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va qoʻshma tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Ikkala davlat rahbarlari savdo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, energetika, transport va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratib, hududlar oʻrtasidagi aloqalarni, madaniy-gumanitar va turizm almashinuvlarini kengaytirish masalalarini koʻrib chiqishi aytilmoqda.

 

Muzokaralar yakunida turli sohalardagi koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bitimlarning salmoqli toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//