Jahon
Novosibirsk viloyatida xorijliklarning 2024-yil davomida taksida ishlashi taqiqlandi, deb xabar berdi TASS.
Bundan tashqari, ularni ichimliklar va tamaki mahsulotlarini chakana sotish uchun yollash ham taqiqlandi. Bu boʻyicha Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikovning tegishli farmoni imzolangan.
“2024-yilda Novosibirsk viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan patent asosida mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi xorijiy fuqarolarni quyidagi iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha ishga joylashtirishni taqiqlash belgilansin. Chet elliklar ixtisoslashtirilgan doʻkonlarda ichimliklar va tamaki mahsulotlari chakana savdosida ishlay olmaydilar, taksi haydashlari ham mumkin emas”, – deyiladi hujjatda.
Qarorga koʻra, ish beruvchilar ikki oy muddatda oʻzlari ishga yollagan xorijiy ishchilar sonini ushbu qarorga muvofiqlashtirishlari shart.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q