Jahon
Turkmaniston mamlakatning betaraflik maqomi xalqaro miqyosda tan olinganining 26 yilligini nishonlamoqda. Bu haqida Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar bergan.
Davlat rahbari xalqaro betaraflik kuni (12-dekabr) arafasida Ashxobodda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammiti yuqori saviyada boʻlib oʻtganini, uning davomida Ashxobod konsensusi qabul qilinganini eslatib oʻtgan.
“Bu tarixiy ahamiyatga ega voqealar tinchlik va doʻstlikni oʻrnatish yoʻlidagi saʼy-harakatlarimizni butun dunyoga namoyish etdi, shuningdek, betaraf Turkmaniston nufuzini oshirdi. Biz xalqaro majburiyatlar va xalqaro huquq tamoyillariga qatʼiy va soʻzsiz rioya qilgan holda, tinch-osoyishta hayot va konstruktiv taraqqiyot yoʻlida mamlakatimizning geosiyosiy va geoiqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishda davom etish niyatidamiz”, — degan Turkmaniston rahbari.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q