Madaniyat
Kinematografiya agentligi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tashabbusi bilan Respublika hududi bo‘ylab taniqli kinoijodkorlardan iborat an’anaviy kinokarvon safarlari boshlandi.
Mazkur tashabbus “Milliy kinematografiya – Yangi O‘zbekiston timsoli” kino oyligi munosabati bilan tashkil etilmoqda.
Kinokarvon safarlari davomida respublikaning ko‘plab hududlaridagi kinoteatr va madaniyat markazlarida bepul filmlar namoyishlari, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, fotosessiyalar tashkil etiladi.
Kinokarvonning ilk safari Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 71186-harbiy qismda bo‘lib o‘tdi.
Unda kinoijodkorlar bilan davra suhbati tashkil etilib, so‘ng Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ko’zgu film” studiyasi tomonidan suratga olingan rejissyor Ilhom Muhammadibrohimovning “Maktab–hayotim” badiiy filmi namoyish etildi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q