Jamiyat
Maʼlum boʻlishicha, vaynerlarning bunday jazolanishiga olgan videokontenti sabab boʻlgan.
Ular Buxoro shahrining Namozgoh koʻchasida kadr olishgan. Unda vayner Nexia rusumli avtomobilni hazil tariqasida ikki nafar sherigining ustiga haydaydi. Yoʻl chetida turgan sheriklari qochib qolishadi va avtomobil kelib yoʻl belgisiga uriladi. Natijada, yoʻl belgisiga zarar yetadi. Bu esa kadrda yaqqol koʻrinadi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan videotasvir boʻyicha Buxoro viloyati IIB tomonidan surishtiruv oʻtkaziladi va transport vositasi egasi hamda uni haydagan shaxs aniqlanib, avtomobil jarima maydoniga qoʻyiladi.
Xabarda aytilishicha, videomaterialni tashkil qilishda bosh boʻlgan Samadov Xoliqjon Ulugʻbek oʻgʻliga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 125-1-moddasi(haydovchilarning transport vositalarini boshqarishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi), 128(5)-2-moddasi(transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi), 147-moddasi(yoʻllarga, yoʻl inshootlariga, yoʻl harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish) hamda 183-moddasi(mayda bezorilik) bilan 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Vaynerning toʻrt nafar sherigiga esa Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi berilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q