Jahon
Rossiya Mehnat vazirligi migrantlarni taklif qilingan sohada ishlamasa, mamlakatdan chiqarib yuborishni taklif qilgan. Bu haqida Lenta xabar bermoqda.
Maʼlumki, vazirlik Rossiyaga tashkiliy yollash yoʻli bilan kelgan muhojirlarga muayyan profil boʻyicha ish oʻrinlarini taklif qiladi. Agar bu shart bajarilmasa, ularni “Известия“ tomonidan ishlab chiqilgan hujjat matniga asoslanib davlatdan chiqarib yubormoqchi.
Mazkur hujjatga koʻra, agar mehnat muhojirlari tashkilot taklif qilgan korxonalarda ishlashdan bosh tortsa, 15 kun ichida Rossiyani tark etishlari talab qilinadi. Shuningdek, qonun loyihasida xorijliklar ishga joylashishda muayyan tashkilotda ishlash huquqini beruvchi hujjat olishlari kerakligi ham belgilab qoʻyilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Davlat Dumasi tashabbusni qoʻllab-quvvatlagan. Bunda Rossiya migrantlar yollashning faqat maqsadli tizimini qoldirishni rejalashtirgani seziladi.
Rasmiylarning fikricha, migrantlarni jalb qilish boʻyicha davlat siyosati mehnat resurslariga boʻlgan talabga asoslanishi kerak.
Shu qatorda, Davlat Dumasi Rossiya fuqaroligini olish uchun talablarni qayta koʻrib chiqmoqchi. Aytilishicha, tashabbus mualliflari Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma va fuqarolikni olish uchun majburiy yashash muddatini uzaytirishni taklif qilgan. Bundan tashqari, qonun loyihasida Rossiya fuqarosi bilan nikoh va farzandning mavjudligi asosida Rossiya fuqaroligini olish tartibini kuchaytirish ham nazarda tutilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
OTABEKUZ
18:03 / 14.03.2024
Assalomu Alaykum. Bu - Rossiyaning navbatdagi siyosiy o'yinlaridan biri...