Professor oʻzi ishlagan tibbiyot kollejiga 1 mlrd dollar ehson qildi

Saqlash
23:52 / 04.03.2024 1238 0

Bu shov-shuvli voqea Amerika Qoʻshma Shtati Bronks shahrida sodir boʻldi. Unda tibbiyot oliygohi kengashining aʼzosi va professori, 93 yoshli Dr. Rut L. Gottesman shu oliygoh hisobiga, talabalarning bepul taʼlim olishi hamda ularning hayotini oʻzgartirish uchun 1 mlrd AQSh dollarini ehson qildi.

 

Aytilishicha, joriy yilning 1-avgustidan boshlab mingdan oshiq talabalarning barchasi ushbu oliygohda bepul oʻqish imkoniga ega boʻladi. Bu quvonchli yangilik ayniqsa boshqa davlatlardan kelgan, oliygohdan qarzi bor talabalarning ogʻirini yengil qiladi.

 

Maʼlumotlarga koʻra, hozirda Albert Eynshteyn nomidagi tibbiyot kollejida 1272 nafar talaba tahsil oladi va ularning umumiy oʻqish toʻlovi, 70 ming dollardan hisoblanganda, yiliga 89 mln dollar boʻladi. Shunda ehson qilingan pulga taxminan 11 yil bepul oʻqish mumkin. Bu hali hammasi emas. Agar bu summa butunicha bankka qoʻyilsa, foiz hisobiga yiliga yana 110 mln dollar qoʻshiladi. Bu esa talabalar endi tamoman bepul oʻqishini anglatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//