“Vatanim madhiyasini kuylayman!” tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi

Saqlash
13:04 / 10.12.2021 885 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan “Vatanim madhiyasini kuylayman!” shiori ostida tanlov eʼlon qilingan edi.

 

Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan “Xalqlar doʻstligi” maydonida oʻtkazilgan “Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon” shiori ostidagi tantanali bayram tadbiri doirasida ushbu tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi.

 

4 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar va ragʻbatlantiruvchi oʻrin egalari bilan tanishing:

 

“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan oila”

1-oʻrin – Nishonovlar oilasi (Namangan viloyati Uychi tumani);

2-oʻrin – Karimovlar oilasi (Fargʻona viloyati Fargʻona shahri);

3-oʻrin – Sharipovlar oilasi (Surxondaryo viloyati Sherobod tumani).

Ragʻbatlantiruvchi mukofot:

Rejabboyevlar oilasi – Namangan viloyati Davlatobod tumani.

 

“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan maktab”

1-oʻrin – Jizzax viloyati zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab-internati;

2-oʻrin – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabi;

3-oʻrin – Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 135-umumtaʼlim maktabi.

Ragʻbatlantiruvchi mukofot:

Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi;

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 9-umumtaʼlim maktabi;

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 195-umumtaʼlim maktabi.

 

“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan guruh”

1-oʻrin – Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi tankchilar batalyoni;

2-oʻrin – Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari;

3-oʻrin – Fargʻona viloyati qirgʻiz milliy madaniyat markazi vakillari.

 

“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan mehnat jamoasi”

1-oʻrin – Ichki ishlar vazirligi jamoasi;

2-oʻrin – Markaziy harbiy okrugga qarashli harbiy orkestr;

3-oʻrin – Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 8-umumtaʼlim maktabi jamoasi.

Ragʻbatlantiruvchi mukofot:

Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 13-bolalar musiqa va sanʼat maktabi jamoasi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi Temurbeklar maktabi jamoasi;

Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 83-umumtaʼlim maktabi jamoasi.

 

Eslatib oʻtamiz, gʻoliblarga 1-oʻrin uchun televizor, 2-oʻrin uchun noutbuk, 3-oʻrin uchun planshet, shuningdek, ragʻbatlantiruvchi oʻrin egalariga esdalik sovgʻalari topshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//