Jamiyat
Toshkent shahrida fuqaroga jinoyat ishini tanishlari orqali tugatib berishni vaʼda qilib, pora olgan Bosh prokuratura boshqarma boshligʻining oʻrinbosari qoʻlga olindi. Bu haqida Bosh prokuratura xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi ishonch telefoni va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikdan olgan maʼlumotlarga asosan tezkor tadbir oʻtkazgan. Unda Bosh prokuratura boshqarma boshligʻining oʻrinbosari lavozimida ishlagan Sh.B. qarindoshi Sh.N. orqali uning tanishi A.K.ning ishonchiga kirib, unga Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishini tanishlari orqali tugatib berishni vaʼda qilgan va 27-noyabr kuni A.K.dan 3000 ming dollarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan 7-dekabr kuni Sh.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan firibgarlik), 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan, Sh.N.ga shu kodeksning 212-moddasi 1-qismi (pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Gumonlanuvchi Sh.B. protsessual tartibda ushlandi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q