Jamiyat
Mamlakatdagi eng baland sanalgan Oʻzbekiston bosh archasi Qibray tumanida joylashgan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida oʻrnatildi, bu galgi Yangi yil bayrami tantanali ushbu bogʻda boʻlib oʻtadi. Bu haqida poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.
«Bayram tadbirlariga juda puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda. Yetti yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan mehmonlar kayfiyatini koʻtarish uchun har xil koʻngilochar dasturlar, savdo yarmarkalari tashkil qilinadi.
Bogʻda, muz maydoni ham tashkil qilinadi. Unda xavfsizlik taʼminlanadi: kattalar ham, bolalar ham bemalol uchib, xursand boʻlib ketishi mumkin. Kattalar uchun mini avtobuslar ham bor, bemalol aylanib ketishlari mumkin», — deydi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi maʼmuriyati vakili Ilmira Sagdiyeva.
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
110797
Jamiyat
94453
Jamiyat
90372
Jamiyat
74268
Jamiyat
//
Izoh yo‘q