Jamiyat
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Yoshlar shaxmat taxtasi” ochiq turniri 6 ta yosh toifasida – 8, 10, 12, 14, 16 va 19 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi (oʻgʻil va qiz)lar oʻrtasida besh bosqichda tashkil etiladi.
Ammo 2020-yilning boshida eʼlon qilingan turnir bugungi kunga qadar yakunlanmay kelmoqda. Bu haqida turnir ishtirokchisi Zoyitjonov Zafarjonning onasi yozmoqda.
Unga koʻra, farzandi tashkilot tomonidan oʻtkazilgan “Yoshlar shaxmat taxtasi” turniriga Toshkent shahar Uchtepa tumanidan qatnashib, shahar bosqichida 13 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida 1-oʻrinni egallagan. Turnirning 2020-yilda oʻtkazilishi kerak boʻlgan respublika bosqichi pandemiya sabab ortga surilgan. Tashkilot keyinroq boshqa tadbirlarni o'tkazgan bo'lsa-da, respublika boʻylab soʻnggi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan 168 nafar oʻgʻil-qiz kutayotgan turnir hanuzgacha yakunlanmagan.
Ishtirokchining onasi ushbu masala yuzasidan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashiga qoʻngʻiroq qilganida goʻshakni biror kishi koʻtarmagan, Uchtepa tumani va shahar boʻlinmalarining mutasaddilaridan esa joʻyali fikr ololmagan.
“Yoshlar ittifoqi oʻz yoshlariga bergan vaʼdalarini unutib qoʻymoqda. Hatto tashkil qilgan tanlovi oʻzining ham esida yoʻq. Ikki yildan beri yakuniy bosqichi oʻtkazilmay qolayotgan «Yoshlar shaxmat taxtasi” respublika turniri bunga yaqqol misol. Unutishganining yana bir fakti – ittifoqning rasmiy saytining tanlovlar oynachasini ochib koʻring, unda ayni tanlovning na sharti va na rejalari xususida biror maʼlumot bor!», - degan u o'z murojaatida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q