«Qo‘yliq» bozori O‘rtachirchiq tumaniga ko‘chiriladi

Saqlash
14:27 / 09.12.2021 841 0

“Qo‘yliq” bozori Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumaniga ko‘chirilishi ma’lum qilindi.

 

Ma’lum qilinishicha, bozor hozirgi joyidan 6,5 km uzoqlikdagi «FOODCITY» savdo markaziga ko‘chiriladi. Markaz 84 ta futbol maydoniga teng hududda joylashgan bo‘lib, unda 2500 do‘kon va savdo rastalari, 2500 ta avtomobil uchun avtoturargoh mavjud.

 

Gazeta.uz’ga ko‘ra, «Qo‘yliq» bozorida oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullangan tadbirkorlar markaz hududiga o‘zlari xohlab murojaat qilgan. Bundan tashqari, savdo markazining veb sahifasidagi nomlanishi ham «FOODCITY yangi Qo‘yliq dehqon bozori»ga o‘zgartirilgan.

 

Markaz Qo‘yliq” bozorining hozirgi joyidan 6,5 km uzoqlikda joylashgan. Eng yaqin metro Qo‘yliq 7-bekat hisoblanadi.

 

Ta’kidlanishicha, nafaqat Toshkentdan, balki boshqa viloyatlardan ham avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish maqsadida yirik transport uzellari barpo etilishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//