Jahon
Neuralink neyrotexnologiya kompaniyasi asoschisi, Tesla bosh direktori Ilon Mask 2022-yilda miya chiplarini odamlarga implantatsiya qilishni boshlashga umid qilmoqda. Bu haqida u The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida aytib oʻtgan.
"Neuralinkning qurilmani implantatsiya qilish standartlari FDA talab qilganidan sezilarli darajada yuqori», degan Mask. Shuningdek, milliarder, maymunlarga implantatsiya qilingan Neuralink yaxshi ishlayotganiga ishontirmoqda. "Neuralink maymunlarda yaxshi ishlamoqda va biz koʻplab sinovlarni oʻtkazmoqdamiz. Bu xavfsiz va ishonchli, oʻrnatilgan Neuralink qurilmasini xavfsiz olib tashlash ham mumkin», dedi u.
Ilon Mask 2022-yilda odamlar implantlarni qabul qilishni boshlashlarini kutmoqda. «Biz kelasi yildan tetraplegiya, kvadriplegiya (oyoq-qoʻlning falaj boʻlishi) kabi umurtqa pogʻonasining ogʻir jarohatlarini olgan odamlarga implantatsiya qilishga umid qilyapmiz», - degan u.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q