O'zbekistonda havo harorati keskin pasayadi

Saqlash
16:20 / 09.12.2021 1006 0

Joriy yilning 12-15-dekabrida Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, soʻngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.

 

12-14-dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanadi) boʻladi.

 

Xabarga koʻra, togʻ va togʻ oldi tumanlarda 12-13-dekabr kunlari yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yogʻingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Respublika boʻyicha havo haroratini meʼyordan 8-10° pasayishi kutilmoqda.

 

13-15-dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° iliqqacha, shimolda kechalari 7-12° sovuqqacha, baʼzi joylarda 14-16° sovuqqacha, kunduz kunlari 3° sovuq 2° iliqqacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//