Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Saqlash
16:01 / 08.12.2021 1371 0

O'zbekiston davlat madhiyasini ijro etish talablarini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladi. Qonunchilikka koʻra, davlat madhiyasi koʻpchilik huzurida ijro etilganda hozir boʻlgan kishilar madhiyani tik turib va oʻng qoʻl kaftini koʻkrakning chap tomoniga qoʻyib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qoʻlini bosh kiyimiga qoʻyib tinglaydi.

 

Qonunda belgilangan tartiblarni buzish fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (810 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa 3 baravaridan 7 baravarigacha (810 ming soʻmdan 1 mln 890 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish esa jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi hamda BHMning 25 baravarigacha (6 mln 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//