Jamiyat
Toshkentdagi “Qoʻyliq” dehqon bozori va unga tutash hududlarda yoʻllar kengaytirilib, koʻprik qurilishi sababli bozor boshqa joyga koʻchiriladi. Bu haqida poytaxt hokimligi xabar berdi.
Xabarga koʻra, poytaxtdagi yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish maqsadida, “Qoʻyliq” dehqon bozori va unga tutash boʻlgan ulgurji savdo maydoni joylashgan manzilda yoʻl kengayishi va koʻprik qurilishi ishlari rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan “Qoʻyliq” dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa manzilga koʻchiriladi.
Qayd qilinishicha, bu boradagi ishlar haqida tez kunda qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112211
Jamiyat
94888
Jamiyat
90976
Jamiyat
75754
Jamiyat
//
Izoh yo‘q