Jamiyat
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga surxondaryolik B.A. Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, fuqaro B.A. kredit tashkilotidan qarzdorligi mavjudligi uchun vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Rossiya Federatsiyasiga borgan. Ammo tibbiy koʻrikdan oʻtayotganda unda oʻpka sili kasalligi aniqlanadi. Shu sababli unga patent rasmiylashtirish rad etilgach, moliyaviy murakkab ahvolda qolgan.
Holat oʻrganilib, yurtdoshimizning salomatligi ogʻirlashgani, mehnatga layoqatsizligi sababli unga 6-dekabr kuni Sankt-Peterburg – Toshkent yoʻnalishida aviachipta olib berilib, Vatanga qaytarildi, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Sport
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
112094
Jamiyat
94779
Jamiyat
90812
Jamiyat
75617
Jamiyat
//
Izoh yo‘q