Madaniyat
Turkiyaning Istanbul shahrida II O’zbek she’riyati kunlari o’tkazildi. Unda Osiyo, Yevropa, Shimoliy Amerika qit’alaridan ijodkorlar ishtirok etdi. Tadbir doirasida o’zbek ijodkorlarining “Ota makon sabolari” nomli xalqaro to’plami taqdimoti o’tkazildi.
— 2019-yilda o’tkazilgan o’zbek she’riyati kunlarida ishtirok etgan edim, — deydi Bahcheshahar universiteti doktori Mesut Senol. — Adabiyotingizning jahon sahnida bo'y cho'zishi siz uchun katta yutuq, biz uchun esa qardosh xalq ijodidan bahramand bo’lishda yaxshi imkoniyatdir. Ishonch bilan aytishim mumkinki, o'zbek shoir va yozuvchilari ham jahondagi yuksak adabiy mukofotlarni qo’lga kiritishga munosib.
II O’zbek she’riyati kunlari doirasida turli millat shoirlari o’z ona tillarida she’rlar o’qidi. Shuningdek, turk ijodkorlari tomonidan o’zbek shoirlarining she’rlari turk tilida o’qib eshittirildi. Bundan tashqari, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari tomonidan milliy raqslarimiz ijro etildi.
Tadbirda Turkiyaning nufuzli universitetlari hamda tashkilotlaridan vakillar qatnashdi. Anjuman yakunida xorazmlik yosh ijodkor O’gilnur Atayeva o’zining turk tilidagi “Chinorimsan Vatanim” nomli she’riy to’plami uchun “Kibatek” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.
Asror Allayarov
"Oqsaroy" adabiy agentligi rahbari
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q