Jamiyat
Hukumat qarori bilan Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, uy-joy sharoitini yaxshilash istagida bo‘lgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga so‘rovnoma-ariza bilan murojaat qiladi.
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish komissiyasi har chorakda (chorak birinchi oyining 15-kunigacha) xotin-qizlarning uy-joyga ehtiyojmandlik darajasini o‘rganib chiqadi.
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar Komissiyaning tegishli qarori qabul qilingach, ko‘pi bilan 30 kundan oshmagan muddat ichida ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtiriladi.
Bunda:
*uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti bo‘yicha uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida boshlang‘ich badal to‘lab beriladi;
*tuman (shahar) hokimligi Komissiya qarori qabul qilingandan so‘ng 20 kun ichida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladigan xotin-qizlar bilan ijara shartnomasini tuzadi (ko‘pi bildan 5 yil muddatga);
*ijara shartnomasi tuzilgandan keyin 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyni topshirish – qabul qilish dalolatnomasi tuziladi;
*dalolatnoma tuzilgach, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladi.
Ijtimoiy uy-joylar munisipal mulk huquqi asosida tuman (shahar) hokimligiga tegishli bo‘ladi va ular bo‘yicha alohida hisob yuritiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksa yoshdagi va o‘zi harakatlana olmaydigan shaxslar ustuvor ravishda ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatidagi ijtimoiy uy-joylarga joylashtiriladi.
Ijtimoiy uy-joydan foydalanganlik uchun ijara haqi uy-joy umumiy maydonidan kelib chiqib uning 1 kvadrat metri uchun:
Toshkent shahrida 1 yilga BHMning 2 foizi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi.
Ijara shartnomasida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan har oyda bir marotaba monitoring olib boriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q