Jamiyat
Oʻzbekiston hududiga suv kirib kelish miqdori 2050-yilga qadar kamida 5 milliard kubga kamayishi kutilmoqda. Bu haqida Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev matbuot anjumanida aytib oʻtgan.
“Global isish muammosi Oʻzbekistonga ham juda katta salbiy taʼsir koʻrsatyapti. Baʼzilar «Muzliklarni tez erishi yaxshiku, koʻproq suv kelyapti”, — deydi. Muzliklar koʻp erigandan keyin u qayta tiklanadi. Masalan, Orol dengizi qurishidan oldin qor, yomgʻirlar koʻp yogʻardi, yaʼni suv suvni tortadi. Lekin muzliklar erigan sari tiklanish jarayoni ham kamayib boradi.
Oʻzbekiston 80—90 yillarda kurashsiz, janjalsiz 64 milliard kub suv olardi. Ammo global isish natijasida suvlarning kelish oqimi 51-52 milliard kubga kamaydi. Bu miqdor kelajakda ham kamayib boradi. Hisob-kitobimizga koʻra, yurtimizga suv kelishi 2050-yilgacha yana kamida 5 milliard kubga kamayadi.
Shuningdek, suv omborlari qurilishi, yer oʻzlashtirishlar, boshqa sohalarning rivojlanishi sabab yana suv oqimi kamayishi kutilmoqda. Mening taxminlarimga koʻra, 10 milliard kubga kamayishi mumkin. Vaziyat yana murakkablashadi, biz bunga tayyorgarlikni boshlaganmiz», — dedi Hamroyev.
Hamroyev kelgusida suv kelishining kamayishining oldini olish maqsadida bir qator ishlar qilinayotganini taʼkidlagan.
«Oʻzbekistonga chegara nuqtalaridan kirib kelayotgan suvlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ekiladigan yerlarga yetib borgunicha 40 foizi yoʻqoladi. Bizning konsepsiyamizdan 40 foizni har yili bir foizdan kamaytirish ham oʻrin olgan. Bu vazifani uddalashimiz uchun tirillion-tirillion mablagʻlar ajratilyapti. Xususan, suv inshootlarini takomillashtiryapmiz va taʼmirlayapmiz, eng ogʻir hududlarda kichik-kichik suv omborlari quryapmiz, kanallar chetini betonlashtiryapmiz, suvni toʻgʻri taqsimlaydigan zamonaviy qurilmalar oʻrnatyapmiz.
Bundan tashqari, suv samaradorligini oshirish boʻyicha ham olimlar bilan hamkorlikda bir qator ishlar qilinmoqda. Suv tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish, suvni boshqaradigan xodimlar malakasini oshirish, dunyo tajribasini oʻrganishga katta ahamiyat qaratyapmiz. Shu kabi saʼy-harakatlar orqali yuqorida aytilgan 10 milliard kubni 5 milliardga kamaytirishga imkoniyatimiz bor», — degan suv xoʻjaligi vaziri.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q