Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol Andijon davlat universitetining "Tarix binosi" ning 4-qavatidan tushib ketganligi haqida xabar tarqaldi.
Kecha, 4-dekabr kuni 28 yoshli ayol Andijon Davlat Universitetiga ushbu oliygohning 2-bosqich talabasining oila a’zosi sifatida ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan “Tarix” fakultetining binosida bo‘lib o‘tadigan ota-onalar majlisiga kelgan.
Shunda u binoning 4-qavatida uyali aloqa telefon apparatidan foydalanib, ehtiyotsizligi oqibatida zinalarning to‘siqlari bo‘lmaganligi sababli zinapoyadan pastga yiqilgan va og‘ir tan jarohati olgan.
Olib borilgan tekshirish harakatlari davomida ushbu binoda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan “S.Haus” MCHJ ishchilari tomonidan zinapoyalarning to‘siqlari olib tashlanib, qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “S.Haus” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Andijon shaxar IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q