Jahon
Joriy yilning 7-18-dekabr kunlari Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Saxovat sport servis” majmuasida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha jahon chempionati hamda 19-21-dekabr kunlari poytaxtimizning “Intercontinental” mehmonxonasida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining kongressi o‘tkaziladi.
Ushbu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Jahon chempionatida AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Argentina, Braziliya, Rossiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan sport delegatsiyalari ishtirok etadi. Chempionatning ochilish va yopilish marosimlarida respublikamiz taniqli madaniyat va san’at namoyandalarining dasturiy chiqishlari namoyish qilinadi.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112413
Jamiyat
95072
Jamiyat
91286
Jamiyat
75982
Jamiyat
//
Izoh yo‘q